Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Olmaotada bo‘lib o‘tadigan "KITF" xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishga shoshiling!

04.02.2025 133

Qozog‘iston xalqaro KITF ko‘rgazmasi 2001-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma Markaziy Osiyodagi yirik professional sayyohlik maydonchalaridan biri bo‘lib, mamlakat turizm sanoatining asosiy tadbiridir. Ko‘rgazma sohasi ekspertlari tomonidan KITF xalqaro B2B sayt standartlariga muvofiqligi uchun UFI (Jahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi) sifat belgisi bilan taqdirlangan.

KITF doirasida xalqaro miqyosdagi tadbirlarni oʻtkazish, jumladan: memorandumlar, bitimlar, davlatlar oʻrtasida mintaqalararo va transchegaraviy hamkorlik dasturlarini imzolash, shuningdek, yalpi majlislar, roudshoular, seminarlar, taqdimotlar va sohaga oid boshqa tadbirlar ko‘rgazmaning Qozog‘iston va Markaziy Osiyo turizm sanoati bozori uchun samaradorligini namoyish etadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2025-yil 23-25-aprel

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 28-fevralgacha

Onlayn ariza yuborish: https://uzbekistan.travel/uz/vt/kitf-v-almaty-2025/

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing