O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Alisher Navoiy kubogi bo‘lib o‘tadi

339

2021-yilda yana bir sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Milliy an’analarimiz, milliy g‘urur va jasoratini o‘zida jamlagan O‘zbek jang san’ati sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Bellashuv,Kompleks mashq” yo‘nalishlari bo‘yicha Alisher Navoiy kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.Musobaqa Toshkent shahrining Bektemir tumani 1-BO‘SM sport maktabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nufuzli musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan yoshlar ishtirok etib o‘z kuchlarini sinaydilar va g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.Bunday musobaqalarni o‘tkazishdan maqsad: 2022-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Osiyo va Jahon chempionatlariga sportchilarimiz ichidan yanada mahoratli va kuchlilarini saralab olish.Musobaqada 500 dan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etishi kutilmoq. G‘olib va sovrindorlar uchun esa Turizm va sport vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari, diplom va medallar tayyorlab qo‘yilgan.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring