Foto va Video

O‘zbek salatlari – vitaminlar xazinasi

2864

O‘zbekistonning har bir mintaqasi betakror joy, ajib va betakror tabiatli noyob o‘lkadir. O‘zbekistonning unumdor yerlari, o‘zbek dehqonlarining sa’y-harakatlari va g‘amxo‘rligi tufayli tasavvur qilib bo‘maydigan ildiz mevalarini beradiki, ulardan eng mazali va foydali salatlarni tayyorlashingiz mumkin.

O‘zbekistondagi sabzavotlarning xilma-xilligi hayratlanarlidir. Ammo, ehtimol, hamma uchun eng sevimli va taniqli salat pomidor va piyozdan tayyorlangan an’anaviy salat bo‘lib, unga bulg‘or va achchiq qalampir podasi ham qo‘shiladi. O‘zbekistonda bunday salat “Achchiq-chuchuk” deb nomlanadi. “Xo‘sh, bu salatning o‘ziga xosligi nimada?” deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo, menga ishoning, siz bunday mazali pomidorni biron bir joyda tanovul qilolmaysiz. Gap esa salat asosan Yusupov navidagi pomidorlardan tayyorlanishidadir

 

Yusupov pomidorlari – o‘zbek dasturxonidagi bayram va haqiqiy lazzatdir. Tasavvur qiling-a, pushti yoki qizil, go‘shtli va shirin ta’mli yirik pomidor, bunday mevaning bittasi 800 gramm vaznga etishi mumkin – shuni o‘zi mo‘jiza emasmi? Bu navni o'zbekistonlik selektsioner Karim Yusupov etishtirgan va afsonaga aylangan. Achchiq-chuchuk salati yaxna taom sifatida xizmat qiladi va issiq palov yoki kabob bilan birga dasturxonga tortiladi.

Sovuq mavsumda o‘zbekistonliklar Marg’ilon turpidan salatlar tayyorlashni yaxshi ko‘radilar. Eng mashhur salatlardan biri anor donalari qo‘shilgan “Anor va turp salati” hisoblanadi. Salat uchun turp yupqa chiziqlar bilan kesiladi va unga anor donalari qo‘shiladi. Natijada salat yoqimli taxirlik va anorning nordonligi ta’mini beradi. Bunday salat foydali vitaminlar va minerallarning haqiqiy xazinasidir.

Erta bahorda O‘zbekistonda "turp va tuxum salati" pishirishni yoqtirishadi. Qoida tariqasida, salat uchun rediskaning  pushti-qizil Bolgar navidan foydalaniladi, shuningdek, Mayskaya navi ham salat uchun juda ham mos. Natijada, ko‘katlar sepilgan hamd smetana qo‘shilgan, mayda tog‘ralgan  rediska va tuxumlardan iborat salat tayyor bo‘ladi.

Yana bir vitaminli salat – bu "Karam va qalampir salati". Ustiga moy sepilgan to‘g‘ralgan karam va bulg‘or qalampiri  asosiy taomga zo‘r qo‘shimcha hisoblanadi.

Albatta, bular O‘zbekistonda tatib ko‘rishga arziydigan salatlarning hammasi emas. Ko‘rinishidan oddiy, salatlar o‘ziga xos ta’m va xushbo’y lazzatga ega. Gap shundaki, O‘zbekistonda sabzavotlar ekologik toza mahsulotlardir. Iqlim, tuproq va suv tarkibi tufayli mevalar juda to‘yimli va mazali bo‘ladi. Bundan tashqari O‘zbekistonda ziravorlar iste’mol qilishning qadimiy madaniyati mavjud. Ziravorlar va ko‘katlar qo‘shilib, xushbo‘y moddalar ishtahani oshiradi va taomlarni juda mazali qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring