Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

O‘zbekiston Belarusda bo‘lib o‘tayotgan “Отдыx-2023” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

13.04.2023 626

 13-apreldan 15-aprelga qadar Belarusning Minsk shahrida “Отдыx-2023” turizm xizmatlarining 25-yillik yubiley Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Oʻzbekiston delegatsiyasi yirik “БЕЛЭКСПО” koʻrgazma markazida mamlakatimiz milliy stendini namoyish etmoqda.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” AJ, shuningdek, “Central asia travel” sayyohlik kompaniyasi vakillari kirdi.

“Отдыx -2023” – “Turizm va dam olish” toifasidagi Belarusdagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi. Bu Belarus bozorida o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadigan butun dunyo mamlakatlari, mintaqalari va sayyohlik kompaniyalari uchun xalqaro biznes maydonchasidir.O‘zbekiston 2018-yil sentyabr oyidan Belarusda bo‘lib o‘tadigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etib kelmoqda. 2019-yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (hozirgi Madaniyat va turizm vazirligi) vakillari Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “ Отдыx -2019” turizm xizmatlari xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etgan edi. Xalqaro koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston milliy stendi taqdimoti o‘tkazilib, Belarus tomoni oʻzbek turoperatorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Belarus poytaxti sayyohlik markazlari boʻylab ekskursiya bilan tanishuv sayohatini tashkil qilgan edi.

Delegatsiyamiz ishtirokidagi Milliy stend taqdimoti O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK va “ Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

13-14-aprel kunlari xalqaro koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan Belarus davlat filarmoniyasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mamlakatimiz san’atkorlari ishtirokida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” tashkil etiladi.
Xalqaro koʻrgazma kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari tomonidan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etiladi, shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TXTY-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish uchun mamlakatlar va yirik tashkilotlardan hamkorlarni jalb etish boʻyicha muzokaralar tashkil etiladi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing