24-26-aprel kunlari Olmaota shahrida KITF-2024 xalqaro turizm koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Ekspozitsiya Markaziy Osiyodagi eng yirik professional turizm platformasi bo‘lib, Qozog‘iston turizm sanoatidagi asosiy tadbir hisoblanadi.
Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida dunyoning yetakchi davlatlari qatori O‘zbekiston ham o‘z milliy stendini namoyish etdi. Mamlakatimiz milliy stendi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “Milliy PR-markazi” DUK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ, shuningdek, “Seven”, “Versailles”, “Yasmina” kabi turistik kompaniyalar xodimlari ishtirok etmoqda.
KITF-2024 xalqaro turizm ko‘rgazmasining uch kunlik boy dasturi mamlakatlar o‘rtasida memorandumlar, bitimlar, mintaqalararo va transchegaraviy hamkorlik dasturlarini imzolash, shuningdek, respublikalar hukumatlari uchrashuvlari, yalpi majlislar, road-shoular, seminarlar, taqdimotlar va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Har yili yetakchi xalqaro turoperatorlar va turistik agentliklar, aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turistik tashkilotlar, yirik mehmonxona tarmoqlari va mehmonxonalar, tibbiyot va sog‘lomlashtirish markazlari, shuningdek, turizmda IT-texnologiyalarni ishlab chiquvchilar va yetkazib beruvchilar KITF ishtirokchilariga aylanmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh