Foto va Video

O‘zbekiston Rossiyaning olis hududlaridan sayyohlarni jalb qilmoqda

07.08.2024 82

Rossiyada O‘zbekiston turizm yilini ommalashtirish, hamda Rossiyaning olis hududlarida yurtimizning turizm salohiyatini targ‘ib etish va sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 7-avgust kuni Xobarovsk shahrida navbatdagi “Road show” turizm tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov boshchiligidagi O‘zbekiston delagatsiyasi Xabarovsk o‘lkasi hukumat raisi o‘rinbosari Aleksey Dubov va Turizm vaziri Aleksandr Karev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuvda mazkur tashrifning ahamiyati va bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturning bir qismi ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonning eng diqqatga sazovor joylari, tarixiy shaharlari hamda yangi ochilgan turizm manzillari to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berildi. 

“Road show”da ishtirok etgan O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasi vakillari uchun B2B va B2G uchrashuvlari tashkil etildi, unda turizm operatorlari va hokimiyat organlari o‘rtasida muhim hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Tadbir ishtirokchilari ishbilarmonlik dasturidan tashqari o‘zbek oshxonasining turli taomlari va O‘zbekistonning boy madaniyati bilan yaqindan tanishdilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing