O‘zbekiston turizm salohiyati Moskva ko‘chalarida targ‘ib qilinmoqda

06.04.2023 241

Rossiya poytaxtining asosiy koʻchalarida o‘rnatilgan reklama ekranlarida Oʻzbekiston turizm salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda.

Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Milliy PR-markazi” va Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi tomonidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Moskva hukumati ko‘magida amalga oshirildi.

Mamlakatimiz turizm salohiyatini, jumladan tarixiy-madaniy merosiga bagʻishlangan qisqa videoroliklar, ziyorat turizmi haqidagi qadimiy qadamjolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joriy yilning aprel may oylarida har 6 va 12 daqiqa oralig‘ida Rossiya poytaxtining gavjum ko‘chalariga o‘rnatilgan reklama ekranlarida namoyish etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing