Foto va Video

O‘zbekiston Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan “ITB China 2024” turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

27.05.2024 132

27-29-may kunlari Shanxaydagi “World Expo” ko‘rgazma va ma’ruzalar markazida “ITB China 2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda jahon turizm sanoati vakillari butun Xitoydan eng yaxshi xaridorlar bilan yangi aloqalar o‘rnatadilar.

Oʻzbekiston delegatsiyasi ham Xitoy turizm bozoriga yoʻnaltirilgan, dunyoning turli mamlakatlaridan turoperatorlar va sayyohlik agentliklari, xalqaro aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari vakillarini, yirik mehmonxona majmualari va dam olish maskanlari hamda boshqa turizm sanoati mutaxassislarini birlashtirgan yetakchi eksklyuziv B2B koʻrgazmasi bo‘lgan “ITB China 2024” da ilk bor ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston stendi Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan taqdim etilmoqda, shuningdek, ko‘rgazmada “Uzbekistan Airways” AJ hamda O‘zbekistonning mahalliy sayyohlik kompaniyalari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston tomoni mamlakatning turizm salohiyatini, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini va mamlakatimiz turizm sanoatining yorqin ifodasi bo‘lgan TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar kiritmoqda. Shuningdek, milliy stendda mamlakatimizning milliy anʼanalari, urf-odat va marosimlari, Oʻzbekistonning mashhur sayyohlik yoʻnalishlari namoyish etilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing