Foto va Video

O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi

15.07.2022 1817

O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, shundan 7 tasi Samarqanddagi “Muzeylar kvadrati”da joylashadi.

Turizm va Madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Samarqand, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari hokimliklari, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida “Muzeylar kvadrati” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimovning ma’lum qilishicha, “Buyuk ipak yo‘li – O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi” ko‘rgazmasi, “Samarqand – Oʻzbekiston va Rossiya mintaqalari madaniyatlari tutashuvi” ko‘rgazmasi, “Klassisizm” muzeyi, Tarixiy fotosuratlar muzeyi, Zargarlik buyumlari muzeyi, Badiiy koʻrgazmalar zali, an’anaviy liboslar muzeylari tashkil qilinadi.

Bundan tashqari, Qo‘qon shahrida Zamonaviy san’at muzeyi, Urganch shahrida O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyining filiali sifatida Lazgi muzeyi ochilishi rejalashtirilgan.

“Muzeylar kvadrati”ning tashkil etilishi mamlakatimiz muzeylari to‘plamlaridagi boy tarixiy-madaniy merosni to‘liq namoyish etish imkonini beradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing