Foto va Video

O‘zbekistonda CBT turizmi qanday targ‘ib qilinmoqda

08.10.2021 783

USAIDning Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish “Future Growth Initiative (FGI)” loyihasi doirasida O‘zbekiston xususiy turistik tashkilotlari assotsiatsiyasi (XTTA) “Qishloq aholisining kasbiy malakalarini oshirish orqali, O‘zbekistonda CBT turizmini rivojlantirish” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport ishlari vazirligi ko‘magida amalga oshirildi.

Birinchi bosqichda CBT turizmini rivojlantirish uchun O‘zbekistonning istiqbolli hududlarida marketing tadqiqotlari o‘tkazildi, shuningdek, oilaviy mehmon uyini ochmoqchi bo‘lganlar bilan respublika hududlarida axborot uchrashuvlari tashkil etildi. Mehmonxona sohasida o‘z biznesini ochmoqchi bo‘lganlar uchun o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etildi.

Ishbilarmon doiralarning katta qiziqishi va O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligini hisobga olgan holda, loyiha 10 ta besh kunlik (mehmon uylari egalari uchun, shuningdek, mehmon uylarining potentsial egalari uchun) va 5 ta ikki kunlik (CBT zanjiri ishtirokchilari uchun) Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida CBT turizmining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv seminarlari bo‘lib, unda 308 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Gender masalasiga (ishtirokchilarning 62 foizi ayollar) va yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. Seminarlarda 113 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarlarda mahalliy aholiga mehmon uylarini tashkil qilish asoslari, biznesni boshqarish, marketing, hisobot topshirishning asosiy shakllari, xarajatlar va daromadlarni rejalashtirish o‘rgatildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, milliy va yevropa taomlari menyusini tuzish bo‘yicha treninglar tashkillashtirildi. Loyiha faoliyati tufayli mavjud joylashtiruv vositalarini takomillashtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish mumkin bo‘ldi.

Loyiha doirasida bir qator muammolarni hal qilish va o‘quv modullari, tarqatma materiallar va kitob materiallarini tayyorlash mumkin bo‘ldi:

1. “Qishloq turizmi: nazariyadan amaliyotga” o‘quv qo‘llanmasi

2. “Mehmon uyining samarali faoliyatini tashkil etish” va “CBT zanjiri ishtirokchilari faoliyatini tashkil etish” o‘quv modullari.

3. Mehmonxona uchun muvaffaqiyat qo‘llanmasi

4. Oilaviy mehmon uylarida “UZBEKISTAN. SAFE TRAVEL GUARANTEED” amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar

5. Tayyorlangan reklama va tarqatma buklet – “O‘zbekistondagi mehmon uylarida dam oling”

XTTA, Milliy PR-markazi bilan hamkorlikda, loyiha doirasida amalga oshirilgan tadbirlarga bag‘ishlangan videorolik tayyorladi. Loyiha jamoasining ushbu vizual mahsuloti O‘zbekistondagi mashhur telekanallar ekranlarida ham, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali ham namoyish etiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing