Foto va Video

O‘zbekistonda “dinozavrlar qiroli” qoldiqlari topildi

09.09.2021 1455

Tsukuba universiteti (Yaponiya) olimlari O‘zbekistonda ilgari topilgan dinozavrlarning noma’lum turini aniqladilar, ularning jinsi va kattaligi hattoki mashhur tironnazavrlardan ham ancha katta edi.

Bu kashfiyot Royal Society Open Science jurnalida chop etilgan va Tsukuba universitetining saytida joylashtirilgan.

“Dinozavrlar qiroli”ning toshga aylangan qoldiqlari Qizilqum cho‘lining Bissekta kengligidan topilgan. Yaponiyalik olimlarning ikkita alohida tahlili topilmani toifalarga ajratishga yordam berdi. Topilgan jonzot ilm-fanda eng qadimgi yirtqichlar guruhiga mansub – karxarodontozavrlar (Carcharodontosauria)ga tegishli.Yapon olimlari kashfiyotiga qiziq nom berdilar. Mualliflar buni Temuriylar saltanatining eng ma’rifatli hukmdorlaridan biri, XV asrning mashhur astronomi va matematigi Mirzo Ulug‘bek sharafiga Ulughbegsaurus uzbekistanensis deb atashgan, ikkinchi qismi esa bu qoldiq topilgan mamlakat nomidan kelib chiqilgan holda ataldi.

Olimlarning aniqlashicha, qadimgi yirtqich yerda taxminan 90 million yil oldin yashagan. Haqiqiy “Dinozavrlar qiroli” mashhur tiranozavrlardan ancha yirik va oziq-ovqat zanjirida eng yuqori o‘rinni egallagan. Bo‘r davrida yashagan yirtqich o‘sha davrning ekotizimiga hukmronlik qilgan, ammo keyinchalik tirannozavrlar oziq-ovqat ierarxiyasining yuqori qismida uning o‘rnini egallashgan.

Paleontologlar aniqlashicha, Ulughbegsaurus uzbekistanensisning og‘irligi bir tonnadan oshib, uzunligi 7,5-8 metrga yetadi. Bu zamonaviy afrika katta fillarining uzunligidan ham ko‘p.

Ulug‘begsaurus kabi karxarodontozavrlar O‘rta Osiyoni o‘z ichiga olgan qadimgi Lavraziya qit’asidan kech bo‘r davrining boshlarida g‘oyib bo‘lgan. Olimlarning taxminlaridan biriga ko‘ra, yo‘q bo‘lib ketish bosqichi asta-sekin tirannozavrlarning evolyutsion ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing