Foto va Video

O‘zbekistonda ot sporti bo‘yicha yoshlar maktablari ochiladi

23.08.2021 858

2021-yil iyul oyida Prezidentimizning “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini rivojlantirishning 2025-yilgacha bo‘lgan davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq 67 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablarida ot sporti bo‘yicha ixtisoslashtirilgan seksiyalarni ochish rejalashtirilgan.

Chavandozlar maktablari quyidagi yo‘nalishlarda ixtisoslashtiriladi: Triatlon musobaqasi, Beshkurash, Polo va Uloq-ko‘pkari.

Qarorga ko‘ra, 2021-2025 yillarda quyidagilar tashkil etiladi:

- Ot sporti bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablarida 67 ta seksiya, shu jumladan, zamonaviy beshkurash bo‘yicha 52 ta seksiya va Polo bo‘yicha 15 ta seksiya;

- Har bir Olimpiya zaxiralari kollejida ot sporti va zamonaviy beshkurash seksiyalari;

- Nasldor va zotli otlarni ko‘paytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 170 ta ot xo‘jaliklari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar rejalashtirilgan:

- Samarqand veterinariya tibbiyoti instituti va uning Nukus va Toshkent filiallarida veterinariya va chorvachilikka ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash uchun bakalavriat dasturini ochish;

- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning Nukus va Farg‘ona filiallarida ot sporti bo‘yicha bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi kurs ochiladi.

Shuningdek, hujjatda 2021-yilning 1-sentabridan boshlab Toshkent viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi uchun” ot sporti bo‘yicha xalqaro turnirlar, Toshkent shahrida “Millat kubogi”, Qashqadaryo viloyatida “Qarshi Open” to‘siqlaradan sakrash bo‘yicha tanlovni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro turnirlar tashkil etilishi belgilangan.

2022-yil 1-sentyabrigacha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hududida 30 o‘rinli zamonaviy ochiq bino va ochiq sport maydonchasi quriladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing