Foto va Video

O‘zbekistonlik sportchilar armrestling bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishadi

12.08.2021 613

2021-yilning 17-25-avgust kunlari Armrestling bo‘yicha 19-Osiyo chempionati Olma-ota shahrida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar 5 yosh toifada: 15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il – qizlar, 18 - 21 yosh oralig‘ida bo‘lgan yoshlar, imkoniyati cheklangan erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi. 70 kishilik O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tajribali murabbiy va sportchilar rahbarlik qiladi, ular orasida terma jamoa Bosh murabbiyi Sulton Ne'matullayev ham bor.

Mamlakatimiz ko‘plab nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda: Vengriyada armrestling bo‘yicha jahon chempionati (2017 yil), Turkiyada jahon chempionati (2018 yil), Qirg‘izistonda 2019 yilda Osiyo chempionatlari shular jumlasidandir.

Xalqaro armrestling federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro reytingda dunyoning 82 mamlakat orasida 5-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining chempionatda ishtirok etishi O‘zbekiston armrestling Federatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.


Foto: O'zbekiston armrestling Federatsiyasi

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing