Foto va Video

O‘zbekistonning go‘zal mintaqalari bo‘ylab avtoulovda sayohat

11.06.2021 864

May oyi oxirida mamlakat bo‘ylab yirik avtoulov sayohati yakunlandi, ishtirokchilar 2 hafta ichida 4,3 ming km. dan ortiq yo‘lni mahalliy ishlab chiqarilgan Isuzu D-Max pikaplarida bosib o‘tdilar.

Avtomashinalar taniqli sayyohlik ob’ektlari orqali hamda, ulkan sayyohlik salohiyatiga ega bo‘lgan va taniqli bo‘lmagan joylar orqali o‘tishdi.

“Avtoturizm - bu mamlakatni yangi kashf etish imkoniyatini beradigan sayohat formatidir. Buxoro, Xiva, Samarqand shahar-muzeylari butun dunyoga tanilgan, ammo O‘zbekiston tanilmagan nihoyatda go‘zal joylarga boy. Ijtimoiy tarmoqlar orqali SamAvto avtoturizm ishtirokchilari o‘zlarining shaxsiy mashinalarida sayohat qanday yorqin his-tuyg‘ular va kashfiyotlar olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib berishlari juda yaxshi”, - dedi Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va sport vaziri.
Isuzu D-Max Aral Tour ishtirokchilari, sayohat davomida Vobkentning mashhur minorasini, Sarmishsoyning qadimiy tosh rasmlarini, Nukus shahridagi I. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyini, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonida tashkil etilgan "Stixiya" festivalini, Borsa-kelmasning qurib borayotgan sho‘r suvli ko‘llarini, Jaraquduq traktidagi tosh o‘rmonlarni va b. tomosha qilishdi hamda Uchquduq yaqinidagi buloqlarda cho‘milishdi.Isuzu D-Max Aral Tour tashkilotchisi SamAvto edi, u tez orada hamma ishtirok etishi mumkin bo‘lgan respublika avtoturizmni tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing