Foto va Video

O‘zbekistonning investitsion salohiyati “Aspan” jurnalida e’lon qilinadi.

28.09.2021 606

2021-yil 30 sentyabrdan 3 oktyabrgacha Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi tashabbusi bilan “Aspan” jurnaliga maxsus maqola tayyorlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ijodiy safar uyushtirildi.

Aspan jurnali – SCAT avikompaniyasining yo'lovchilar uchun maxsus jurnallaridan biri hisoblanadi.

Toshkentdan boshlanadigan ijodiy sayohat poytaxtimizning qadimiy ziyoratgohlari va mashhur joylaridan boshlanadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan joylar, ularning qoldiqlari va imkoniyatlari haqida hikoya qiladi.

Safarning maqsadi - aviakompaniya yo‘lovchilariga O‘zbekistonning sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish va ularning iqtisodiy va ishbilarmonlik qiziqishini oshirish.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida SCAT Urganch va Nukusga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing