20-22-sentabr kunlari Fransiya Respublikasining Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan IFTM Top Resa 2022 xalqaro turistik koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Milliy PR-markazi, 6 ta turistik kompaniyalar va O‘zbekiston havo yo'llari milliy aviakompaniyasi ishtirok etmoqda.
Kompaniyalar o‘z xizmatlarini yagona “O‘zbekiston” stendida namoyish etmoqdalar shuningdek, Yevropadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar sonini ko‘paytirish maqsadida ko‘rgazmaga tashrif buyurayotgan sayyohlarga yangi turistik yo‘nalishlar va mavjud turistik salohiyat haqida so‘zlab berilmoqda.
Hozirda yevropa davlatlari fuqarolarining yurtimizga turistik safarlari oshganligi va ularning oqimini yanada ko‘paytirish maqsadida tashrif buyurganlarga mamlakatimiz bo‘ylab yuzdan ortiq yangi turistik marshrutlar va yo‘nalishlar taqdim etilmoqda.
Ma’lumot uchun: IFTM Top Resa turizm va sayohat ko‘rgazmasida 200 dan oshiq turistik yo‘nalish bo‘yicha 1700 dan ortiq bo‘lgan tashkilotlar, 34 000 ga yaqin turizm sohasi mutaxassislari 150 ta tashkil etilgan sessiya konferensiyalarida ishtirok etadilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh