Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistonning turizm brendi Avstraliyada faol targ‘ib etilmoqda

03.10.2025 98

Joriy yilning 29-sentyabr – 3-oktyabr kunlari Avstraliyaning Sidney shahri nufuzli Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu yirik xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Turizm qo‘mitasi hamda Bahriddin Chustiy boshchiligidagi oshpazlar jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Mazkur Kongress doirasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatish va O‘zbekistonni jozibador sayyohlik manzili sifatida targ‘ib qilishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, yurtimizning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi videolavhalar va reklama materiallari taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir mehmonlariga o‘zbek milliy taomlari tortildi. Ayniqsa, Bahriddin Chustiy boshchiligidagi oshpazlar jamoasi tomonidan tayyorlangan milliy palov O‘zbekistonning boy gastronomik merosini yorqin tarzda namoyon etdi.

Kongressda ishtirok etish mamlakatimizning turizm salohiyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va sayyohlar oqimini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lmoqda.  Bu esa xalqaro maydonda O‘zbekiston turizm brendining  yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, oʻqing