Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi hamkorligida joriy yilning 22-27-aprel kunlari Rossiyaning “Моя планета” telekanali ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkillashtirildi.
Tashrifdan maqsad O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasiga oid turkum materiallar tayyorlash uchun Buxoro shahrida “Один день в городе Бухара” va Xiva shahrida “Один день в городе Хива” nomli maxsus ko‘rsatuvlarni suratga olish orqali Buxoro va Xiva shaharlarining turizm salohiyati haqida media kontentlar yaratish, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyati bilan Rossiya fuqarolarini yaqindan tanishishtirish hamda ushbu davlatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishdir.
Ma’lumot uchun: “Моя планета” Rossiyadagi sayohat, tarix, fan
va odamlar haqidagi asosiy telekanal hisoblanadi hamda eng yaxshi ma’lumot beruvchi telekanal sifatida bir qancha nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan. Kanal auditoriyasini 120 milliondan ortiq tomoshabin va 100 milliondan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tashkil etadi.
Tashrif davomida “Моя планета” telekanali ijodiy guruhi tomonidan mamlakatimizning Xiva va Buxoro shaharlarida 1 kun davomida tashrif buyurish mumkin bo‘lgan turistik obyektlar, shaharlarning milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasini keng yoritadigan “Один день в городе Бухара” va “Один день в городе Хива” nomli maxsus ko‘rsatuvlarni suratga olish va ularni Rossiya auditoriyasiga taqdim etish ko‘zlangan. Bu orqali Rossiya va boshqa rusiyzabon mamlakatlardan tashrif buyuruvchi potensial sayyohlar oqimini oshirish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, ijodiy guruh tomonidan Buxoro va Xiva shaharlarida yangilanayotgan arxitektura, yangi turizm turlari yo‘nalishida barpo etilgan turistik va ko‘ngilochar obyektlar, shuningdek, tarixiy shaharlarimizda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kulolchilik, temirchilik, kashtado‘zlik, gilamchilik va amaliy san’at kabi qator kasb-hunar turlari ham mahalliy hunarmandlar ishtirokida keng yoritiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh