Foto va Video

O‘zekspomarkaz

5395

«O‘zekspomarkaz» – bu Toshkentdagi yirik ko‘rgazma majmuasi bo‘lib, u bir nechta pavilyonlardan iborat. Aynan shu yerda nafaqat respublika doirasida, balki butun dunyo miqyosida eng yirik va eng katta ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Binolarning puxta o‘ylangan tartibga joylashishi ko‘rgazma zallari va stendlarni samarali tashkil etish imkonini beradi. Hukumat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uchun juda yaxshi joydir.

Bundan tashqari, «O‘zekspomarkaz» binosi katta bog‘ hududida joylashgan. Istirohat bog‘i bo‘ylab sayohat qilib, zamonaviy landshaft, toza havo, go‘zal tabiat va hatto hovuzdagi toza suvdan bahramand bo‘lish mumkin.

Markaz yaqinida “Yapon bog‘i”, «International» mehmonxonasi, “Art Sentr Plaza”, «Tashkentlend» madaniyat va istirohat bog‘i joylashgan. Mazkur joyga metrodan foydalanib etib olishingiz mumkin, bu uchun metroning eng go‘zal “Bodomzor” stansiyasida tushishingiz kerak.


Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring