Parij sari otlangan avtokarvon Buxoro, Xiva va Nukus orqali Qozog‘istonga yo‘l oldi

08.07.2024 174

Joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatimiz turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan qoplangan avtomobillarda Parijga yo‘l oldi.

26-iyul sanasidan 11-avgustiga qadar aynan Fransiya poytaxti Parij shahrida 33-yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ayni damda “Toshkent-Parij-Toshkent” avtoprobegi ishtirokchilari Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus shaharlaridan o‘tib Qozog‘iston Respublikasi tomon yo‘l olishdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi sayohati 22-avgustgacha davom etadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing