Foto va Video

Parlament o‘yinlarining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi

16.08.2021 406

O‘zbekistonda “Oliy Majlis Senati raisi Kubogi” uchun parlament o‘yinlarining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va xodimlari ishtirok etdi.

Ushu musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – deputatlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini taʼminlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat.

Musobaqa 3 bosqichda tashkil etilib, unda erkaklar mini-futbol va voleybol bo‘yicha, ayollar esa badminton bo‘yicha o‘zaro musobaqalashgan edilar. Musobaqa dasturidan o‘rin olgan stol tennisi bahslarida erkak va ayollar ishtirok etishdi.


Musobaqaning fevral-mart oylarida tashkil etilgan 1-bosqichida 1026 jamoalardan jami 5045 ta ishtirokchi g‘oliblik uchun kurash olib brogan bo‘lsalar 135 ta g‘olib deputatlardan iborat jamoalar, shaxsiy va jamoaviy baxslarda asosiy sovrinlar uchu kerash olib borishgan edi. G‘oliblarga diplom, shuningdek homiy tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishgan edi.

2021-yilning 14-15-avgust kunlari tashkil etilgan “Parlament o‘yinlarining” 3-bosqichida jami 135 nafar deputatlar ishtirok etishdi va g‘oliblik uchun keskin kurashlar olib borildi. Erkaklar uchun mini-futbol va voleybol bo‘yicha, ayollar uchun esa badminton sporti musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa dasturidan o‘rin olgan stol tennisi bahslarida erkak va ayollar o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi va g‘olib va sovrindorlar munosib sovg‘alarga ega bo‘lishdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing