Poi Kalon meʼmoriy ansambli

2010

Buxoroning Registon maydonidagi ulug‘vor Kalon minorasi etagida joylashgan Poi Kalon meʼmoriy ansambli XII-XVI asrlarda barpo etilgan. Majmua ikki madrasa - Miri-Arab va Amir-Olimxon madrasalari, Kalon minorasi va shu nomdagi masjiddan iborat.

 The architectural ensemble Poi-Kalyan

Qizig‘i shundaki, bu joyda arablar istilosidan keyin VIII asrda ham minorasi bo‘lgan jome masjid mavjud edi.

XII asrda shaharni qayta qurish boshlanadi, bu esa yangi masjid va minorani qurilishiga olib keladi. Markaziy Osiyolik tarixchi Narshaxiyning guvohlik berishicha, minora chiroyli yasalgan bo‘lsada, bardoshli emas edi. Uning so‘zlari bashoratli chiqadi, chunki qurilish tugashi bilanoq minora yiqilib, masjidning katta qismini vayron qiladi. 1127 yilda shu kungacha saqlanib qolgan yangi masjid va Kalon minorasi qurilgan.

Majmua hozirgi holatga XVI asrda yangi masjid va Mir-Arab madrasasi qurilgan paytda keladi.

Onlayn-tur

 

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring