O‘zbekistonning turizm salohiyatini Polsha va Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng targ‘ib etish maqsadida Polshaning “TVT” telekanali bilan hamkorlik o‘rnatildi.
Ushbu loyiha doirasida 6 oy davomida telekanal O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan 30 soniyalik videolavhalar turkumini kuniga ikki marotaba uzluksiz efirga uzatadi.
Loyihaning asosiy maqsadi Polshada O‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligini turistik yo‘nalish sifatida ommalashtirish, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona va boshqa hududlar imkoniyatlarini keng yoritish, shuningdek, polshalik sayyohlar e’tiborini mamlakatimizning noyob diqqatga sazovor joylariga jalb etishdan iborat.
Ma’lumot uchun:
Polshaning “TVT” telekanali 2007-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u yangiliklar va reklamalarni 24/7 formatida efirga uzatadi. Bu Polshadagi birinchi MUX-12 multipleks operatori hisoblangan universal tarkibga ega milliy kanal. “TVT” kanallari DVB-T2/HEVC formatida efirga uzatiladi va 8 milliondan ortiq tomoshabinlar auditoriyasini qamrab oladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh