Foto va Video

Qalqama suv ombori va dinozavr izlari qolgan sirli tosh

2647

Qashqadaryo viloyati o‘zining g‘ayrioddiy va hatto g‘ayritabiiy joylari bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda. Shunday manzillardan biri “Shahid” deb nomlangan juda qiziqarli diqqatga sazovor joyga ega Qalqama suv ombori.

Suv ombori Samarqand va Shahrisabz o‘rtasidagi sokin qulay joyda joylashgan. U 1968 yilda Qumdaryo daryosidagi vayronkor sellarning oldini olish uchun qurilgan. Suv omborining tevarak atrofidagi tabiat hayratlanarli darajada go‘zal. Bir-biri bilan mukammal uyg‘unlikda bo‘lgan yashil ko‘kalamzorlar, qirlar va qoyali cho‘qqilar hayratga soladi.

Suv omboridan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda “Shahid” nomli diqqatga sazovor joyni - o‘z afsonasiga ega g‘alati toshni ko‘rish mumkin. Maʼlum bo‘lishicha, toshning yoshi deyarli 5 million yilni tashkil qiladi va uning vatani Hind okeanidir. Bunday ulkan tosh Qashqadaryogacha bo‘lgan shunchalik uzoq masofani qanday bosib o‘tganligini hech kim aniq bilmaydi. Tektonik plitalar taʼsiri ostida u dastlab Zarafshon tog‘ tizmasiga va shundan keyingina Qashqadaryo tog‘lariga ko‘chib o‘tgan degan taxminlar ham bor. Toshdagi g‘ayrioddiy chuqurchalar dinozavr tomonidan qoldirilgan izlar deb ishoniladi.

Suv ombori yaqinida Alvastiko‘l nomli katta bo‘lmagan ko‘ldan boshlanadigan tog‘li daryoni ko‘rish mumkin. Nima sababdan u shunday nomlanishini hech kim bilmaydi. Ko‘l uchta qoyalar orasida joylashgan bo‘lib, unga g‘ayrioddiy toshlar va kichik sharsharalar hamrohlik qiladi. Ehtimol, bu yerdagi g‘ayrioddiy toshlar quruq va baʼzida changli Makrid shamollari deb nomlangan shamollar tufayli paydo bo‘lgan.

Surat manbai: mr-shor.livejournal.com 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring