Foto va Video

Qozon patir – qozonda pishirilgan non

4515

Ba’zan baxtli bo‘lish uchun biz juda oz narsaga muhtojmiz: iliqlik, mehribonlik, yaqin kishining quchog’i va bir parcha xushbo‘y non! O‘zbek noni haqida uzoq vaqt gapirish mumkin, zero u haqiqiy lazzatdir.

Qozon patir – yumshoq mag’zli va usti qars-qurs issiq non. Bunday non yangi qaymoq va choy bilan nonushta uchun ayni muddao. An’anaviy o‘zbek noni tandirda pishirishadi, lekin Qozon patir esa qozonda tayyorlanadi. Non tayyorlashning ushbu usuli asosan Jizzax viloyatida keng tarqalgan. Nonni og‘ir cho‘yan qozonning tubiga joylashtirishadi.

Nonning bir tomoni qizarganida, u aylantiriladi. Yopishdan oldin nonning markaziy qismini turli xil chiroyli naqshlar bilan bezatishadi. Ushbu taomni mahoratli ayollar o‘z qo‘llari bilan, hech qanday vositasiz pishiradilar. Ammo biz endi o‘rganuvchi uy bekalariga ushbu taomni juda ehtiyotkorlik bilan tayyorlashni maslahat beramiz.

Qozon patirini uyingizdan chiqmasdan osongina tayyorlash mumkin. Dasturxonga tortishda issiq nonning markaziga sariyog‘ qo‘shsangiz, unga juda boy ta‘m kasb etiladi.

Mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy mazali Qozon patirini tayyorlashning eng yaxshi va eng muhimi an‘anaviy usulini namoyish etadigan videoni tomosha qiling. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring