Yurtimizda ekstremal turizm turlarini ommalashtirish va xorijiy sayyohlar sonini oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 22-25-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida xalqaro “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa, nafaqat Qoraqalpog‘iston balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi. Mo‘ynoq tumanining Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida 4 kun davom etadigan tadbirda mehmonlarni sport avtomobillari, baggi va mototsikllarda ekstremal musobaqalar, mahoratli oshpazlarning gastronomik tomoshalari hamda musiqiy konsert dasturlari kutmoqda.
Oltinchi bor xalqaro darajada tashkil etilayotgan musobaqada mamlakatimizning turli burchaklaridan va xorijdan kelgan sportchilar dvigatel hajmi 1600sm3 va 2000sm3 bo‘lgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, shu bilan birga dvigatel hajmi 2000sm3 bo‘lgan “BAGGI” sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 125sm3 dan 500sm3 gacha bo‘lgan mototsikllarida bellashadilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh