Foto va Video

“Rossiyada O‘zbekiston turizm yili”: Vladivostokda “Road show” sayyohlik tadbiri bo‘lib o‘tdi

06.08.2024 85

“Rossiyada O‘zbekiston turizm yili” doirasida, hamda, mamlakatimizning turizm salohiyatini targ‘ib qilish va sayyohlik oqimini oshirish maqsadida Vladivostokda “Road show” tashkil etildi.

Turizm qo‘mitasi tashabbusi va O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulixonasi hamkorligida o‘tkazilgan “Road show”da Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

“Bizning Qo‘mitamiz bu yil rossiyalik sayyohlar sonini 1 million kishiga yetkazish maqsadini qo‘ydi. Buning uchun tegishli infratuzilmalar va turli aviakatnovlar yaratiladi. Hozirda Rossiya shaharlari o‘rtasida haftada 300 ga yaqin reys mavjudligini aytib o‘tmoqchiman. Ikki mamlakat fuqarolari orasida qiziqish bor va menimcha, biz Primorsk o‘lkasi rahbariyati bilan birga turizm kompaniyalari va tadbirkorlarga zarur yordam ko‘rsatamiz, ularni kelishishga, hamkorlikda rivojlanishga va olg‘a intilishga yordam beramiz”, - dedi Jamshid Abdusalomov.

Tadbirda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yangi sayyohlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

B2B va B2G formatidagi uchrashuvlar O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasi vakillari uchun tajriba almashish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun tashkil etildi, natijada ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

“Road show”ga taklif qilingan ishtirokchilarga o‘zbek gastronomik turizmining taqdimoti, shuningdek, milliy cholg‘u ansambli ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing