Foto va Video

Samarqand va Buxoroda joylashtirish vositalari xodimlari uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tadi

02.12.2021 767

2021-yilning 6-11-dekabr kunlari Samarqand va Buxoro shaharlarida joylashtirish vositalari xodimlari uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tadi. Seminarlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan ushbu shaharlar hududidagi joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda.O‘quv seminarlari har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha kutib olish va joylashtirish xizmati (reception), qavat xizmatchisi (housekeeping), servis (F&B) yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi.

Ushbu o‘quv seminarda ishtirok etishni istaganlar quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUKning elektron manzili orqali (center_cert@mail.ru) yoki + 998 95 199 15 00 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

1. F.I.O.

2. Ish joyi (mehmonxona nomi)

3. Qaysi yo‘nalishda o‘qishi

4. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar

Seminarda ishtirok etish bepul, seminar so‘ngida sertifikat taqdim qilinadi.

Seminarlarni o‘tkazish joyi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing