Foto va Video

Samarqandda "Kabob festivali" o'tkaziladi

03.03.2022 1142

Prezident Farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami kunlarida o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam olishadi.

18-mart kuni Samarqandda kabob festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival tashkilotchilari –Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xabar berishicha, Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish punktlari mutasaddilari bilan tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Festivalga tashrif buyurib, bayramlarning barcha kunlarida mehmonlar turli xil kaboblarni tatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Jomboy tumanida 19-mart festivali kunlarida uloq-kupkaridagi yirik musobaqalarga ham tashrif buyurishingiz mumkin.

Alisher Navoiy nomidagi Markaziy istirohat bog‘i va unga tutash Alisher Navoiy va Kamol Otaturk ko‘chalarida viloyatning asosiy xalq sayllari,  “Mo‘’jiza” amfiteatrida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing