Foto va Video

Seulda O‘zbekiston-Koreya turizm forumi bo‘lib o‘tdi

02.10.2024 108

Seulda “road show” tadbirlari doirasidagi O‘zbekiston-Koreya turizm forumi o‘tkazildi.

Forumda Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev va Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi Alisher Abdusalomov ishtirok etdilar.

Forum ishida ikki davlatning 100 dan ortiq turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati va madaniy merosini targ‘ib qilish, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekistonlik turoperatorlar o‘z mahsulotlari va noyob yo‘nalishlari haqida faol ma’lumot berib, O‘zbekistonning koreyalik sayyohlar uchun jozibadorligini namoyish etdi.

Ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatilib, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va turistlarni jo‘natish bo‘yicha shartnomalar imzolangan B2B uchrashuvlari forumning muhim qismi bo‘ldi, bu esa turistik almashinuvni rivojlantirish uchun yangi yo‘nalishlarni ochadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zbek xalq og‘zaki ijodi bilan yaqindan tanishib, milliy taomlardan tatib ko‘rdilar.

Forum O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing