Foto va Video

Shaxmat sporti yangiliklarini kuzatib borish endi yanada osonroq

19.07.2021 1294

Bugun 19-iyulda Xalqaro Shaxmat akademiyasida shaxmat jurnalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Xusan Turdialiyev, fedratsiya bosh kotibi hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy mavzusi yangi “Shaxmat” jurnali bo‘ldi.

Turizm va sport vazirligi qoshidagi “Milliy PR-markazi” DUK hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida ishlab chiqilgan ushbu jurnal, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqgan holda tayyorlandi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Xusan Turdialiyev: 

"Endilikda shaxmat sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Hozirgi kunga qadar oxirgi 5 yil davomida yurtimizdan 5 ta grastmeysterlar yetishib chiqdi, ular 15-18 yoshlardagi sportchilar bo‘lib bunday sport ustalar sonini endilikda yanada ko‘paytirish maqsadida oldimizga maqsad va vazifalarni rejalashtirdik. Rejamizning boshlang‘ich qismida, o‘quv yili boshlangandan so‘ng, maktab o‘quvchilari orasidan shaxmatga qiziquvchan, iste’dodli, mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega o‘quvchilar saralab olinadi"  - aytib o'tdi.

Eslatib o‘tamiz: “Shaxmat” jurnali har oyda bosib chiqariladi va u yerda siz shaxmatga oid yangiliklar va shaxmat o‘yiniga bog‘liq mantiqiy jmboqlarni yechishda ishtirok etishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing