Shohi-Zinda "Historic Photographer of the Year-2021" jahon tarixiy fotosuratlar tanlovi g‘oliblari ro‘yxatidan joy oldi

26.11.2021 1162

The Guardian onlayn-nashrida "Historic Photographer of the Year-2021" tarixiy fotosuratlar xalqaro tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlov g‘oliblari orasida fotojurnalist Julian Elliot tomonidan suratga olingan Shohi-Zinda majmuasining fotosurati ham bor.

Har yili oʻtkaziladigan Historic Photographer of the Year xalqaro tanlovi dunyoning turli burchaklaridagi eng yaxshi tarixiy va madaniy joylarni namoyish etadi, ularda mashhur milliy boyliklardan tortib, uncha taniqli bo‘lmagan sayyohlik yoʻnalishlarigacha boʻlgan barcha narsalar qamrab olinadi.

Bu vayron bo‘lgan ingliz qal’asi, Rimning yer osti koshonasi yoki unutilgan jang maydonining hayratlanarli go‘zalligi bo‘ladimi, tarixiy joylar fotosuratga olish uchun yer yuzidagi eng go‘zal joylardan biri bo‘lib qoladi va tanlov tashkilotchilari tarixiy joylarning go‘zalligini ifodalash uchun butun dunyodagi fotosuratchilarni o‘zlarining eng yaxshi suratlarini taqdim etishga chorlaydilar.

Bu yil pandemiya sababli turli cheklovlar tufayli ishtirokchilarning dunyo bo‘ylab sayohat qilishlari shart bo‘lmadi, balki ishtirokchilar arxivida to‘plangan, jozibali tarixiy joylarning allaqachon olingan suratlari va eng yaxshi tasvirlari yuborilishi kerak edi.

Eslatib oʻtamiz, Britaniyaning “Bradt Travel Guides” sayyohlik qoʻllanmalari nashriyotining mashhur fotosuratchisi Julian Elliot mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 2021-yilning iyul-avgust oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan edi.

Fotosuratchi tashrifi davomida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.

Britaniyalik fotosuratchining O‘zbekistonga tashrifi Turizm va sport vazirligi ko‘magida tashkil etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing