Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Sichuan provinsiyasida “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” tadbirlari boshlandi

26.04.2025 190

25-aprel kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahrida "Xitoyda O‘zbekiston turizm yili" tadbirlari dasturi doirasida ko‘rgazmalar va roud-shoular boshlanib ketdi.

XI-Sichuan xalqaro turizm ko‘rgazmasi "SCITE"da Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi hamda Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston hududlarining sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘rgazmada Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining yangi sayyohlik yo‘nalishlari namoyish etilmoqda.

Bundan tashqari, tashrif doirasida XKP Sichuan provinsiyasi qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ouyan Szexua bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar sayyohlar oqimini o‘zaro ko‘paytirish, kadrlar tayyorlash, shuningdek, turizm sohasida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

28 va 30 aprel kunlari Chansha (Xunan provinsiyasi) va Chungching shaharlarida ham sayyohlik taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar