Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

SITF-2025: O‘zbekiston Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda

05.06.2025 99

Joriy yilning 5-8 iyun kunlari Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DUK, hamda turoperator va mehmonxona biznesi vakillari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida o‘z ishini boshlagan “Seoul International Travel Fair – SITF-2025” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etmoqda. 

Koreya Respublikasi madaniyat, sport va turizm vazirligi, Milliy turizm tashkiloti, Visit Korea hamda Koreya turagentliklari assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etilayotgan ko‘rgazmada 70 dan ortiq mamlakatdan kelgan 120 mingdan ziyod tashrif buyuruvchilarni qamrab oladi. 800 ga yaqin turli xil kompaniyalar, tur operatorlari, aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari, shuningdek yirik mehmonxonalar va sog‘lomlashtirish maskanlari ishtirok etmoqda.

 

Yarmarka ishtirokchilari va mehmonlari Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari tomonidan tashkil etilgan stendlarda mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlari, tarixiy joylari, dam olish maskanlari, gastronomiyasi, hunarmandchilik an’analari, zamonaviy turistik infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

 

Bundan tashqari, mamlakatimiz turizm sohasi vakillari xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda targ‘ib qilish va mamlakatimizga turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing