Foto va Video

“SKY CAMP BO‘STONLIQ”: Birinchi sport va musiqa ochiq festivali Bo‘stonliqda bo‘lib o‘tadi

13.09.2021 803


Samarqand yarim marafoni tashkilotchilarining “SKY CAMP BO‘STONLIQ” O‘zbekistondagi birinchi sport va musiqa ochiq festivali 18-19 sentyabr kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi.

O‘tkaziladigan joy ko‘p mavsumli “Amirsoy” tog‘ kurorti va “Chorvoq oromgohi” (Piramida) dam olish maskani bo‘ladi.

SKY CAMP BO‘STONLIQ - bu tog‘larga muhabbat va faol hayot tarzini birlashtiradigan, uch kunlik mashg‘ulotlar va to‘rt xil musobaqalarni o‘z ichiga oladigan yorqin lahzalar go‘shasi.

Sport poygalari dasturiga:

Sky Camp Run - 4 km (vertikal kilometr) masofada tog‘ cho‘qqisiga yugurish;

Sky Camp Bike - 11 km masofada tog‘ velosipedlari poygasi;

Sky Camp Swim - 1 km masofada Chorvoq suv ombori hududida suzish;

Sky Camp Zen - uch turdagi mashg‘ulotlarni birlashtirgan tadbir: yoga, 5 kmga yugurish va meditatsiya.

Festival tashkilotchilari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizm va sport vazirligi, Bo‘stonliq viloyati hokimligi.

Musobaqalarda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun havolaga o‘ting. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing