Foto va Video

Sport akrobatlari Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘radilar

13.09.2021 509

2021-yil 23-28 sentabr kunlari O‘zbekiston terma jamoasi Pavlodar (Qozog‘iston) shahrida bo‘lib o‘tuvchi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadilar.

24 nafar sport akrobatikasi bo‘yicha shug‘ullanuvchi sport ustalari mahoratli 4 nafar murabbiylar bilan birgalikda Osiyo chempionatiga muhim tayyorgarliklarni Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazadilar.

Sport akrobatikasi - bu sportning bir turi bo‘lib, muvozanatni saqlash (muvozanat) va tanani tayanch aylanma harakati va tayanmagan holdagi aylanma harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan akrobatik mashqlarni bajarishdagi musobaqa.

Sport akrobatikasi eng ajoyib sport turlaridan biridir. Boshni aylantiruvchi hayajonli elementlar hattoki ko‘pni ko‘rgan tomoshabinni ham befarq qoldirmaydi. O‘zbekiston akrobatlari Osiyo qit’asidagi eng kuchli akrobatlar qatoriga kirganini ta’kidlash yanada yoqimli va bu faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Bu shubhasiz haqiqat, chunki 2013-yilgi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dasturning beshta turidan uchtasida ajralib turishdi. Hamyurtlarimiz erkaklar juftlik mashqlarida chempion, erkaklar (to‘rtta) va ayollar (uchta) guruh mashqlarida bronza medal sohiblari bo‘lishdi.Tajribali ustoz va murabbiylar ko‘p yillar davomida sportning O‘zbekiston akrobatikasi milliy terma jamoasini musobaqalarga munosib tayyorlab kelmoqdalar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing