Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

O‘zbekistonning madaniy merosini targ‘ib qiliuvchi promo-aktsiyada ishtirok eting

15.12.2020 679

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekistonning madaniy merosi - yangi Uyg‘onish poydevori” haftaligi doirasida yurtimizning madaniy va tarixiy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha promo-aktsiya o‘tkazmoqda.

Promo-aktsiyaning asosiy maqsadi – O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va jamoatchilik, xususan yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, “O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi” doirasida namoyish etiladigan “O‘zbekistonning madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumiga kiritilgan ko‘rgazmalar va noyob qo‘lyozmalarni faol ommalashtirishdir.

Aktsiyada qatnashish muddati: 2020 yil 15 dekabrdan 25 dekabrgacha

Qatnashish shartlari:

Aktsiyada, 16 yoshga to‘lgan barcha manfaatdor shaxslar, fuqaroligidan qat’i nazar, talabalar, olimlar, tarixchilar va jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar 15-18 dekabr kunlari Yoshlar saroyi binosida bo‘lib o‘tadigan madaniy meros haftaligiga tashrif buyurishlari va forum davomida olingan fotosuratlar, videofilmlar va maqolalar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida (Facebook/Instagram/Youtube/TikTokTwitter/Telegram) #uzbektourism #uzbmeros xeshteglari bilan joylashtirishlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi huzuridagi "Milliy PR-markaz" DUK sahifalariga obuna bo'lish kerak (Facebook, Instagram , YouTube, Tik Tok , Twitter , Telegram).

Telegram orqali ishtirok etish istagida bo’lgan ishtirikchilar talablarni to’liq bajargan holda maqola, foto va videoroliklarni @nationalprcentre profiliga yubirishlari lozim. Qabul qilingan materiallar @cultural_heritage kanaliga joylashtiriladi.

Diqqat, telegram g’oliblari faqat @cultural_heritage kanaliga joylashtirilgan maqola, foto va videoroliklar orasidan tomosha qilinganlik soni asisida saralanadi.

Yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlarning har birida  joylashtirilgan foto - video va matnli materiallarda to'plangan "like" lar va tomosha qilgan soni bo'yicha uchta g'olib aniqlanadi.

G'oliblar tanlovda ishtirok etish sertifikatlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1 o'rin-5 mln so'm;

2 o'rin-3 mln so'm;

3 o'rin - 2 mln so'm



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing