Foto va Video

Tataristonning mashhur bloggerlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi

13.10.2021 1312

O‘zbekiston o‘zining noyob me'moriy va tabiiy diqqatga sazovor joylari bilan dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayyohlarni maftun etadi. 2021-yilning 6-12-oktabr kunlari, Qozon shahrining mashhur turist-bloggerlari mamlakatimizga tashrif buyurishdi.

O‘zbekistonga kelgan qozonlik bloggerlar sayohatni muqaddas qadamjolarga ega bo‘lgan Samarqanddan boshladilar. Mehmonlar mintaqaning boy tarixi va qadimiy madaniyati shuningdek, turizmning har xil turlari bilan tanishdilar. Odatdagidek Qozonlik turist-bloggerlar yangi shahar va mamlakatlarga tashrif buyurib, o‘z obunachilariga eng mashhur sayyohlik joylarini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Mehmonlar Samarqandga safari chog‘ida Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi-Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi va Konigilning ajoyib sayyohlik qishlog‘i yaqinidagi katta media kontentni suratga olishdi. Sayohat davomida bloggerlar Samarqandga sayohat qilish uchun eng jozibali joylarni suratga olishdi va Internet kuzatuvchilari e’tiboriga taqdim etishdi.

Samarqandni aylanib chiqqach, mehmonlar Buxoroga yo‘l olishdi. Qozonlik sayyohlik bloggerlari Buxoroning ziyoratgohlari va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi hamda Instagramdagi obunachilari orasida noyob media-kontentni targ‘ib qila boshlashdi.

“Buxoro - bu alohida shahar, internet orqali fotosuratlardan rohatlanish o‘z yo‘liga, lekin tashrif buyurgan holda hamma narsani jonli tomosha qilish va undan zavqlanish boshqacha hissiyotlarni tuyishga undaydi. Bu yerda hamma narsa sizning qo‘lingizda. Instagram foydalanuvchilari “Buxoro shunchalik go‘zalmi?” degan savolni berishadi. - deydi Qozonlik blogger Nastya Gubinskaya.

Moviy gumbazlar go‘zalligi, ko‘zni qamashtiradigan qadimiy mozaikalar, tarixga va ajoyib tabiat va milliy taomlar oshxonalariga to‘la qadimiy ko‘chalar - bularning barchasi yosh sayohatchilarni quvontirdi va Tataristondan kelgan mehmonlarimizning ijtimoiy sahifalari hikoyalarida saqlanib qoldi. Yana keling, aziz mehmonlar!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing