“Toshkent-Parij-Toshkent” avtoprobeg ishtirokchilari Samarqandda

08.07.2024 234

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkentdan Parij tomon yo‘l olgan mamlakatimiz turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan qoplangan avtomobillardan iborat O‘zbekiston avtokarvoni Samarqandga keldi.

Registon maydonida Abdurahmon Fozilov sardorligidagi blogerlar jamaosini shahar rasmiylari, keng jamoatchilik, yoshlar va OAV vakillari kutib oldilar.

26-iyul sanasidan 11-avgustiga qadar Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan 33-yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sportchilarini qo‘llab-quvvatlash va yurtimiz turizm salohiyatini xorijliklar orasida keng targ‘ib qilish uchun yo‘lga chiqqan O‘zbekiston delegatsiyasining keyingi manzili Buxoro shahri. 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing