Foto va Video

Toshkent viloyatida qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi

13.08.2021 756

2021-yilning 16-19-avgust kunlari Toshkent viloyatida Qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Musobaqalar 2 xil yosh toifasida, o‘smirlar o‘rtasida va ushbu sport turi bo‘yicha professional sportchilar o'rtasida o'tkaziladi.

Respublika bo‘yicha jami 400 nafar sportchilar ishtirok etuvchi ushbu musobaqa, Qo‘l jangi Federatsiyasi tomonidan, Toshkent viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan bo‘lib, unda sportchilar bilan birgalikda, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa Vazirligi va boshqa huquqni muhofaza quluvchi organ vakillari ishtirok etadilar.

Qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston Kubogi musobaqasi 14-marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, yurtimiz yosh sportchilarini va professional sport ustalarini saralashda samarali natija bermoqda

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing