Foto va Video

Toshkent viloyatida qo'shni davlatlar vakillari ishtirokida forum o'tkazildi

27.03.2024 149

Joriy yilning 25-mart kuni Parkent tumaniga Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati hamda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatlari turizm sohasi rasmiylari, tadbirkorlik subyektlari, OAV vakillari tashrif buyurdi.

Dastlab, Parkent tumanida joylashgan “Edelweiss” mehmonxonasida uchrashuv tashkil qilinib, Toshkent viloyatining turizm salohiyati tanishtirildi. So‘ngra, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Unda So‘g‘d va O‘sh viloyati turizm sohasi vakillari Toshkent viloyatining turizm imkoniyatiga yuqori baho berib, katta qiziqish bildirishdi.

Viloyatlar o‘rtasida turizm sohasida doimiy va davomiy hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Forum yakunida Toshkent viloyati, So‘g‘d va O‘sh viloyatlari Turizm boshqarmalari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida 30 ga yaqin shartnoma va hamkorlik memorandumlari imzolandi. Shundan so‘ng, Parkent tumanida infoturlar tashkil etildi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari Kumushkon MFYda joylashgan “Hazrat Ali” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. U yerda mehmonlarga ziyoratgoh tarixi hamda sayyohlar oqimi to'g'risida atroflicha ma’lumot berilib, oilaviy mehmon uyalariga ekskursiya uyushtirildi.

Info-tur davomida mehmonlar Parkent tumanida joylashgan Markaziy Osiyodagi yagona “Quyosh instituti” ilmiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu laboratoriya haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing