Toshkent viloyatining etno va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida joriy yilning 23-24-avgust kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi.
Turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilinayotgan tadbirning asosiy maqsadi - sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida tajriba almashinish, eno turizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan.
Festivalda Respublikaning barcha viloyatlaridan fermer xo‘jaliklari, ekoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.
Tadbirda qishloq ho‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘tkaziladi.
Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan, bo‘lib o‘tadigan “Uzum sayli” xalqaro festivaliga turistik tashkilotlar, mehmonlar, sayyohlar va mahalliy aholi taklif etiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh