TXTY-2022

Toshkentda Abdulla Qodiriy xotirasiga bag'ishlangan ijodiy kecha bo'lib o'tdi

15.10.2021 274

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Toshkent viloyati «Turon» axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib, Abdulla Qodiriy ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy-va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishining bayoni qabul qilindi.

Mazkur hujjatga ko‘ra joriy yilning 4-14-oktabr kunlari Abdulla Qodiriy adabiy merosini faol targ‘ib etish maqsadida Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Abdulla Qodiriy uy-muzeylarida, mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlarda, tashkilotlarda taniqli adib va olimlar ishtirokida “Abdulla Qodiriy - O‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusida turkum tadbirlar, yozuvchining hayoti va ijodini xotiralashga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, seminar va konferensiyalar, davra suhbatlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 14-oktyabr kuni Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamda Toshkent viloyati «Turon» axborot kutubxona markazi hamda Abdulla Qodiriy memorial muzeyi bilan hamkorligida “O‘tkan kunlar yodi” adabiy-badiiy kecha tashkil qilindi. Kechada Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi yodga olindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi rassom Baxtiyor To‘rayev tomonidan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani motivlari asosida “O‘tkan kunlar yodi” nomli tasviriy va musiqiy kompozitsiyasi namoyish etildi. Tadbirda shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Abdulla Qodiriyning ibratli izdoshlari” nomli ko‘rik-tanlov g‘oliblarini sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek o‘qing