Foto va Video

Toshkentda Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha XII jahon chempionati boshlandi

04.10.2021 542

Shu yilning 4-6 oktabr kunlari poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli “Humo Arena” sport majmuasida Bodibilding va jismoniy sport turlari bo‘yicha XII jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 350 nafarga yaqin mahoratli sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda.

Musobaqa oldidan poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining anjumanlar zalida tashkilotchilar, hakamlar va jamoalar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda dastlab shifokorlar so‘zga chiqib, Covid-19 pandemiyasi sharoitida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqani xavfsiz o‘tkazish maqsadida ko‘rilayotgan ehtiyotkorlik choralari haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, Jahon chempionatida hakamlik qoidalari muhokama qilindi. Tadbirda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga butun dunyo bo‘ylab bodibilding bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda hakamlik qilish huquqini beruvchi xalqaro pasportlar topshirildi.

Musobaqani jonli efiri shu havola orqali ko'rishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=V1GCWhUY_pc

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing