Foto va Video

Toshkentda ilk bor kofe va choy festivali o‘tkaziladi

12.05.2022 1532

13-15-may kunlari Toshkent shahridagi “Moviy gumbazlar” bog'ida “Birinchi choy va kofe festivali” bo‘lib o‘tadi. Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Barista assotsiatsiyasi va “Makon” telekanali hamkorligida tashkil etilmoqda.

Festival mamlakatimizda kofe va choy sanoatini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, choy ichish milliy an’analarini qayta tiklashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda.

Festival mehmonlari o‘ziga xos ichimliklar va noyob choy va kofe turlarini tatib ko‘rishlari, professionallar esa sohadagi eng so‘nggi yangiliklarni o‘rganishlari, yangi hamkorlar va yetkazib beruvchilarni topishlari, hattoki franchayzing sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Festival doirasida barista bo‘yicha Uzbek Coffee Cup chempionati, sut ko‘pikli rasm chizish san’ati bo‘yicha tanlov, barmenlar o‘rtasida miksologiya chempionati bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, turli maxorat darslari, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish, kofe va choylardan tatib ko‘rish ham mumkin bo‘ladi. Festival dasturi doirasidagi tadbirlar professionallar uchun ham yangi mutaxassislar uchun ham qiziqarli bo‘ladi. O‘zini barista sifatida sinab ko‘rish, latte-art ko‘nikmalarini egallashi va professional chashka degustatsiyasida qahva ta’mining nozik soyalarini farqlashni o‘rganishni xohlovchilar uchun ham qulayliklar yaratilgan.Festivalda lotereyalar va turli xildagi ko‘ngilochar o‘yinlar, hunarmandlar yarmarkalari, food-kortlar va o‘yin maydonchalari tashkillashtirish rejalashtirilgan - barchasi qiziqarli va maroqli oilaviy dam olish uchundir. DJ va stend-up komediyalari chiqishlari ham bo‘lib o‘tadi.

Coffee&Tea LAB zonasida professional baristalar, choy ustalari va ishbilarmonlarning seminarlari va ma’ruzalari, shuningdek, yangi, ammo allaqachon mashhur bo‘lgan barista kasbining istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Festival katta gala-shou bilan yakunlanadi.

Tadbirga kirish bepul.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing