Bugun “O‘zekspomarkaz” pavilyonida O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi boshlandi.
Ko‘rgazmani Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev ochib berdi.
Tadbir turli sessiyalar, B2B va G2B uchrashuvlari, yangi mahsulot va xizmatlar taqdimotlarini o‘z ichiga oladi.
“HoReCa Expo Uzbekistan 2024” doirasida “Yashil texnologiyalar va investitsiyalar” va “Raqamli mehmondo‘stlikning kelajagi” mavzularida konferensiya bo‘lib o‘tadi, unda yashil texnologiyalar va raqamli mehmondo‘stlikning dolzarb mavzulari va tendensiyalari muhokama qilinadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh