Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

O‘zbekistonda turizm qishloqlari soni yana bittaga ko‘paydi

09.01.2023 1106

Navoiy viloyatining yana bir so‘lim go‘shasi mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlar uchun o‘z bag‘rini ochmoqda. Viloyatning Nurota tumanida joylashgan “Dara” qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda. Bu hudud o‘zining o‘zgacha tabiati va betakror tog‘-yon bag‘ridagi go‘zal manzaralari bilan tanilgan.

Qishloq hududida bugungi kunda 3 ta oilaviy mehmon uyi, 5 ta gastronomik xonadon, 2 ta qadimiy uy va qadimiy buyumlar saqlanuvchi uy muzeylari, shuningdek, 2 ta hunarmand (uy) ustaxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib turistlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.

Turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirishda 2 ta sport va sayr xizmati, o‘zbekona milliy taomlardan bahraman bo‘lishlari uchun esa 3 ta ovqatlanish shoxobchasi, shu bilan br qatorada 8 ta savdo nuqtasi ham tashkil etildi.

Bundan tashqari, turistlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2023–2024-yillarda “Dara” qishlog‘ida 3 ta selfi hududi, 1 ta osma ko‘prik, 2 ta avtoturargoh, 30 ta dam olish hududi va 2 ta hojatxona qurilishi rejalashtirilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing