Foto va Video

Turizm sohasidan tadbirkorlar uchun imtiyozlar

24.06.2022 1665

Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng qulayliklar yaratilgan bo‘lib qaysi soha va yo‘nalishda bo‘lmasin qator imtiyozlarga ega va unlardan erkin foydalangan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Shunday imtiyozlardan biri, 2018-yil 7-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3514-sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘lib unda quydagi imtiyozlar 2018-yil 10-fevraldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar belgilab o‘tilgan:


-ish beruvchining turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublika bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida ko‘rib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi;

-jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Bunda turistik yo‘llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo‘l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishi;


-turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan subyektlarning soliq solinadigan bazasi O‘zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo‘lgan bosma mahsulotlarni (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, g‘iloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar) tayyorlash va chop etishga yo‘naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytirilishi keltirib o‘tilgan.

Elatib o‘tamiz: ushbu imtiyozlar 2018-yil 10-fevraldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Tadbirkorlik faoliyatiga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanish biznesingiz rivojiga va uning kengayishi uchun ajoyib imkoniyatlar eshigini ochadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing