Ustyurt platosi - vaqtning sirli daxmasi

1209

Siz ishonmasligingiz mumkin, lekin ushbu fazoviy fotosuratlar O‘zbekistonda, Qozog‘iston va O‘zbekiston orasidagi keng hududlar, aniqrog‘i shimoliy Qoraqalpog‘istonda joylashgan Ustyurt platosidan olingan.

Bundan taxminan 20 million yil oldin, kataklizm va tabiiy hodisalar bu beg‘ubor go‘zallikni yaratdi. Bir necha o‘n yilliklar davomida bu yerda ibtidoiy jamiyatning 60 dan ortiq joylari va 1000 ga yaqin meʼmoriy yodgorliklar topilgan. Tadqiqotchilar va sayyohlar uchun asosiy sir – bu qushlar uchadigan balandlikdan ko‘rish mumkin bo‘lgan “Ustyurt nayzalaridir”.

Bugungi kunda bu sirli tabiat hodisalari qanday paydo bo‘lganligi maʼlum emas.

Ammo tarix shuni ko‘rsatadiki, bu yerda minglab yillar oldin massaget qabilalari ushbu hududda yashaganlar, qadimgi karvonsaroylar va skif madaniyatiga tegishli maqbaralar qoldiqlari shundan dalolat beradi.

“Massaget” so‘zi «mas», «saka» va «ta» toponimlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “buyuk skiflar qo‘shini” degan maʼnoni anglatadi. Qadimgi olim Gerodot yozganidek, Ossuriyaning buyuk shohi Kir bu yerlarni egallab olishga uringan va Massaget malikasi To‘maris qo‘lidan vafot etgan.

Mana 2000 yildan ortiq vaqtdan beri qadimgi massagetlarning tosh qabrlari cho‘lning o‘rtasida na tabiat va na inson tomonidan teginmagan holatda harakatsiz turibdi. Kim biladi, ehtimol bu nayzalar massagetlar qabri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bordir.

Ehtimol yaqin kelajakda olimlar Ustyurt platosining ulkan sirini ochib berishlari mumkin.

Surat manbasi: Meros jamg‘armasi

Комментарий

0

Оставить комментарий

Для того, чтобы оставить комментарий необходимо авторизоваться через социальные сети:


Авторизуясь, Вы соглашаетесь на обработку персональных данных

Смотрите также