Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“World Media” mediakompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar haqida hujjatli filmni namoyish etdi

11.03.2025 162

O‘zbekistonning nufuzli xalqaro media platformalar bilan hamkorligi doirasida Germaniyaning “World Media” kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan hujjatli film suratga olindi.

Mazkur loyiha 2024-yil oktyabr oyidan boshlab mashhur germaniyalik boshlovchi Kay Patzmann ishtirokidagi eksklyuziv televizion sayohat dasturida efirga uzatildi. Ushbu film orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosi, go‘zal tabiati hamda sayyohlik imkoniyatlari keng auditoriyaga taqdim etilmoqda.Filmning asosiy yo‘nalishlari:

  • O‘zbekistonning boy madaniy merosi va tarixiy obidalari;
  • Ipak yo‘lining afsonaviy manzillari;
  • Mamlakatning tabiiy go‘zalliklari va milliy an‘analari;
  • O‘zbek mehmondo‘stligi va zamonaviy turizm imkoniyatlari.

Tayyor bo‘lgan hujjatli film quyidagi platformalarda namoyish etilmoqda:

Mazkur film Germaniyaning “Sonnenklar.TV” telekanali hamda Shveysariyaning bir necha telekanallarida namoyish qilinmoqda. Ushbu film B2B sektorda 18 000 dan ortiq sayyohlik agentliklari orasida targ‘ib qilinib, mazkur telekanallarning YouTube va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida ham e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun:

“World Media” kompaniyasi Yevropaning sayyohlik sohasida yetakchi media platformalaridan biri bo‘lib, turli mamlakatlarning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston bo‘yicha tayyorlangan hujjatli film mamlakatni jahon miqyosida betakror sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing